Qashqadaryolik bolajonlar ham bir hafta tekin spektakl koʻrishadi

18:39 21 Mart 2019 Madaniyat
732 0

Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Navroʻz bayrami va “Teatr tomoshalari haftaligi” kunlarida bir hafta mobaynida bolajonlar uchun eng sara spektakllarni bepul namoyish etadi.

Yosh tomoshabinlar taʼtil kunlarida “Fantning sarguzashti”, “Sogʻlom tanda — sogʻ aql”, “Mittivoyning sarguzashti”, “99 tillo tanga”, “Maqtanchoq quyon” hamda “Gʻaroyib yertutlar” kabi sahna asarlarini tomosha qilishadi.

— Mamlakatimizda har yili 21 — 27 mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ning oʻtkazilishi belgilangan, — deydi viloyat qoʻgʻirchoq teatri rahbari Elbek Eshmuradov. — Bunday tadbirlar bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Haftalik davomida farzandlarimizning taʼtilni maroqli oʻtkazishlari barobarida, maʼnaviy ozuqa olishlariga koʻmaklashishga harakat qildik.

Ahad Muhammadiyev (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?