Qashqadaryodan Rossiyaga 19 tonna oshqovoq joʻnatildi

13:30 30 Iyul 2020 Iqtisodiyot
235 0

Ayni kunda Qashqadaryo vohasida mahsulotlar eksporti avjida. Shu kungacha tarvuz, qovun, pomidor, lavlagi, shaftoli kabi yigirma turdan ziyod mahsulotlar eksportga chiqarilayotgan boʻlsa, kuni kecha oshqovoq eksporti ham boshlab yuborildi.

Qarshi tumanidagi tomorqa egalari tomonidan yetishtirilgan dastlabki partiyadagi 19 tonna oshqovoqlar “Nasaf” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlarining saʼy-harakati bilan qisqa muddatda Rossiya Federatsiyasiga eksportga joʻnatildi.

— 5 gektar yerga chetdan keltirilgan oshqovoq urugʻini ekkan edik, deydi tomorqa egalaridan biri M.Ikromov. — 300 tonna hosil olishni moʻljallayapmiz. Pishib tayyor boʻlgan mahsulotlar peshma-pesh xalqimiz dasturxoniga va eksportga joʻnatilmoqda. Kelgusidagi maqsadimiz - ekin maydoni va mahsulot turini koʻpaytirish.

Viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilgan hududlarda boʻlib, fermer va tomorqa egalariga yurtimizda tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilganligi, shuningdek, mahsulotlarni eksportga rasmiylashtirishda bojxonada yaratilgan qulayliklar toʻgʻrisida tushuntirishlar berilmoqda.

Bu imkoniyatlardan oʻz vaqtida va samarali foydalanish pandemiya davrida davlatimiz iqtisodiyotini barqarorligini, aholini ish bilan bandligi va zarur oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?