Qashqadaryodan Rossiyaga 100 tonnaga yaqin “Aysberg” joʻnatildi

17:48 28 May 2019 Jamiyat
485 0

Illyustrativ foto

Yakkabogʻ tumanidagi “Sharofat ona Qahramon qizi“ agrofirmasi dehqonlari bu yil birinchilardan boʻlib aysberg salat bargini Rossiyaga eksport qilishni boshlab berishdi.

Dastlab issiqxona sharoitida parvarishlanib, 15 gektar maydonda yetishtirilgan aysberg salat koʻchatlaridan ertachi hosil olindi. Ayni paytda tayyor boʻlgan hosil maxsus mashinalarga yuklanib, rossiyalik buyurtmachilarga joʻnatilmoqda.

Agrofirma mutaxassisi –agronom Kozimjon Yusupovning taʼkidlashicha mart oyi boshida maxsus koʻchatxonada oʻstirilgan nihollar ochiq dalaga koʻchirilib, parvarishlanishi ertachi hosil yetishtirishga asosiy omil boʻldi. Hozirgacha 100 tonnadan ortiq aysberg salat bargi yigʻishtirib olinib, shuning qariyb 80 tonnasi Rossiyadagi ishbilarmon hamkorlarga joʻnatildi. Salat bargi yetishtirilayotgan maydonning har gektaridan 20 tonnagacha hosil olish moʻljallanmoqda.

Agrofirmada shuningdek, eksportbop qovun navlari va piyoz yetishtirilmoqda. Piyozning bir qismi Germaniyaga eksport qilinishi kutilayapti. Maʼlumot uchun aytish mumkinki, agrofirma tomonidan oʻtgan yili ham tashqi bozorga aysberg salat bargidan tashqari koʻp miqdorda gulkaram, karam kabi sabzavot va poliz mahsulotlari eksport qilingan.

A. Muhammadiyev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?