Qashqadaryoda yashirin totalizator tashkilotchisi ushlandi (video)

12:36 30 Avgust 2018 Jamiyat
491 0
Foto: Screenshot / “Xalq so‘zi”

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida yashirin totalizator tashkil qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Oʻzbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan yangiliklar dasturida maʼlum qilindi.

Fuqaro A. yashirin totalizator ochib, fuqarolardan futbol oʻyinlari uchun pul stavkalarini qabul qilib kelgan. U gʻoliblar oladigan mukofot pulining 10 foizini oʻzida qoldirgan. Shunday qilib, yoshlarni noqonuniy oʻyin biznesiga faol jalb etish bilan ham shugʻullanib kelgan.

Ana shunday yoshlardan biri totalizatorga pul tikishga azbaroyi berilib ketganidan foydalangan A. undan 12 ming AQSH dollarini yutib olgan. Oʻsmir oʻz pullarini qaytarib olish istagida yangi stavkalar qilishda davom etgan va 9,6 ming dollar yutib olish imkoniga ega boʻlgan. Biroq totalizator tashkilotchisi bu pullarni unga berishdan bosh tortgan.

Aksincha, A.ning oʻzi oʻsha boladan katta miqdordagi pulni tahdid qilish va qoʻrqitish yoʻli bilan ola boshlagan. Prokuratura vakillari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoyatchi oʻsmirdan 1,5 ming dollar olayotgan paytda qoʻlga olingan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?