Qashqadaryoda tibbiyotning qaysi yoʻnalishidagi kadrlar eng koʻp yetishmayapti?

12:25 01 Mart 2019 Jamiyat
362 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“Xalq soʻzi ONLINE”/Munisxon Karimova. Qashqadaryo viloyati hokimi oʻz axborotida hududdagi sogʻliqni saqlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtdi.

Aytilishicha, viloyatda sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash profilaktika muassasalarining 89 tasi yoki 26,7 foizi taʼmirtalab holatga kelib qolgan. Shundan qishloq oilaviy poliklinikalar – 36 ta, oilaviy poliklinikalar – 2 ta, qishloq vrachlik punktlari – 46 ta, shifoxonalar – 3 tani tashkil etadi.

Mazkur davolash profilaktika muassasalarining barchasida ichimlik suvi, gaz va issiqlik energiyasi bilan taʼminlash tizimi taʼmirga muhtoj.

Viloyatda umumtaʼlim maktablarida kadrlarga boʻlgan ehtiyoj 206 nafar tashkil etadi. Shundan 42 nafari Chiroqchi tumani, 24 nafari Qamashi tumani, 22 nafar Dehqonobod tumani, 6 nafari Gʻuzor tumani, 15 nafari Koson tumani, 13 nafari Kitob tumani, 20 nafari Muborak tumani, 19 nafardan Mirishkor va Nishon tumanlari, 11 nafari Shahrisabz shahri,

8 nafari Shahrisabz tumani va 7 nafari Yakkabogʻ tumani hissasiga toʻgʻri keladi.

Shuningdek, viloyat shahar, tuman tibbiyot birlashmalari va ularning tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida jami 342 nafar shifokorga ehtiyoj mavjud. Shundan, 213,5 nafari tor soha mutaxassislari va 128,5 nafari umumiy amaliyot shifokorlaridir.

Bundan tashqari, viloyat boʻyicha eng koʻp yetishmayotgan mutaxassisliklar tez tibbiy yordam shifokorlari, terapiya, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, xirurgiya, funksional diagnostika (UTT, rentgenologiya), anesteziologiya va reanimatologiya sohalari hisoblanadi


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?