Qashqadaryoda qovun eksporti boshlandi

12:02 04 Iyun 2020 Iqtisodiyot
480 0

Bugungi kunda Qashqadaryo vohasida yetishtirilgan mazali va xushtaʼm meva-sabzavot hamda poliz mahsulotlari yurtimizning barcha hududlarida sevib tanovul qilinmoqda. Bu albatta voha dehqonlarining beqiyosligidan dalolatdir.

Ayni kunlarda Qashqadaryoda xushtaʼm qovun mahsulotlari allaqachon pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib joʻnatilmoqda.

Kuni-kecha Mirishkor tumanida joylashgan «Umarqulov Abduholiqjon» fermer xoʻjaligi tomonidan ekologik toza, mazasi tilni yorar qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilindi. 15 gektar maydonga hosil ekkan ushbu fermer xoʻjaligi tomonidan bugunga qadar ogʻirligi 17 tonna 885 kilogramm boʻlgan, qiymati qariyb 18 ming AQSH dollarilik qovunlar eksporti amalga oshirildi.

Mahsulotlarni eksportga chiqarishda bojxona xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya etilgan holda bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirilgan tartibda qisqa fursatlarda amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida, chet davlatiga yoʻl olgan mahsulotlarning sifatini saqlash hamda manzilga tezkor yetib borishlarini taʼminlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?