Qashqadaryoda MIB xodimlari maktablarga kitob sovgʻa qilish aksiyasini boshladi

18:09 28 Mart 2019 Jamiyat
447 0

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilandi.

Prokuratura organlari xodimlarining mazkur vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qoʻshishini taʼminlash, taʼlim muassasalarida kitob fondini boyitishga koʻmaklashish maqsadida Byuro organlarining barcha xodimlari oʻzlari tahsil olgan maktablarga badiiy adabiyotlarni taqdim qilishmoqda.

Dastlab, Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan maktab oʻquvchilari oʻqishi tavsiya etiladigan kitoblar roʻyxati shakllantirildi va shu asosda ishlar tashkillashtirildi.

Bu xayrli ish 27-mart kuni Majburiy ijro byurosi Kitob, Nishon tumanlari va Shahrisabz shahar boʻlimlari tomonidan davom ettirilib, umumiy hisobda 1000 dan ortiq kitoblar maktablarga taqdim qilindi.

Maqsad esa yagona – yosh avlod tafakkurini yanada boyitishga hissa qoʻshish.

Aksiya tumanlar boʻylab davom etyapti. Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan barchani bu xayrli ishga chorlab qolamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?