Qashqadaryoda oʻz joniga qasd qilgan va oʻlimidan oldin xat qoldirgan maktab direktorini yaqinlari yurak hurujidan vafot etgani vaji bilan koʻmib yuborishgan

20:44 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
625 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida maktab direktori oʻz joniga qasd qilganligi, vafotidan oldin xat yozib qoldirganligi haqida xabarlar tarqalgan. Ushbu xabarlarga Bosh prokuratura munosabat bildirdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirishda marhumning yaqin qarindoshlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi koʻrigidan oʻtkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etgani vaji bilan jasadni koʻmib yuborishganligi aniqlangan.

Hozirda tuman xalq taʼlimi, ichki ishlar boʻlimlari hamda maxalla va oilani qoʻllab-quvvatlash markazi tuman boʻlimining mutasaddi xodimlari harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Tekshirish harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?