Qashqadaryoda YTH natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

15:55 17 Iyul 2018 Jamiyat
273 0
Illyustrativ foto

16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Qayd qilinishicha, tumanda yashovchi Q.J. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini tuman hududidan o‘tuvchi “Chiroqchi-Qalqama” avtomobil yo‘lining 18-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmasligi sabab yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

Natijada avtomashina yo‘lovchilari S.O. va X.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etishgan.

Haydovchi Q.J.ning holati borasida aniq ma’lumotlar berilmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?