Qashqadaryoda harbiylar uchun autsorsing tizimiga asoslangan zamonaviy oshxona ish boshladi

09:32 21 Sentyabr 2018 Jamiyat
738 0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oshxona foydalanishga topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bir vaqtning oʻzida 200 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun moʻljallangan boʻlib, har kuni ularning eʼtiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Taʼkidlash kerak, autsorsing tizimi oshxonadagi oziq-ovqat taʼminoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga xizmat qiladi. Oshpazlar har kunlik belgilangan qatʼiy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga moʻljallangan alohida xonalar mavjud. Har bir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqori sifatli idish-tovoqlar bilan taʼminlangan. Bu esa harbiy xizmatchilarning sifatli ovqatlanishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarorni imzolagan boʻlib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barchasi ushbu tizimga samarali oʻtkazildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?