Qashqadaryoda doʻkonlarni buzdirayotgan tuman hokimi oʻrinbosari yoqib yuborildi

12:35 23 Iyul 2019 Jamiyat
1833 0

Qashqadaryoning Yakkabogʻ tumani hokimi oʻrinbosari Mansur Tuymayev (1976-yilda tugʻilgan, suratda) “Hisor Sarlochin” kompaniyasiga tegishli savdo doʻkonlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda, mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro B.I. (1963-yilda tugʻilgan) oʻziga tegishli savdo doʻkonini buzilishiga faol qarshilik koʻrsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda boʻlgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Matbuot xizmatiga koʻra, hodisa oqibatda tuman hokimi oʻrinbosari tanasining 35—40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan. Fuqaro B.I.ga nisbatan esa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va u ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?