Qashqadaryoda 15 yoshli oʻquvchi nega oʻz joniga qasd qildi?

17:01 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
63 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qashqadaryoda 15 yoshli oʻquvchining jasadi kanaldan topildi” mavzusidagi xabarlar yuzasidan bayonot berildi. Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Unda qayd etilishicha, 2019-yilning 19-oktyabr kuni Qarshi tumani, “Xoniyon” MFY, Yuksalish koʻchasida yashagan voyaga yetmagan Raxim A. (2004-y.t., 7-sonli maktab oʻquvchisi) “Qarshi Bosh kanali”ning “Dasht” qishlogʻidan oqib oʻtuvchi qismidagi koʻprikdan suvga sakrab, oʻz joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan ishga aloqador 7-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktab direktori va ishchi-xodimlaridan hamda oʻquvchilardan tushuntirishlar olingan.

Aniqlanishicha, oʻquvchi Raxim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, oʻgʻliga tanbeh qilganidan soʻng, Raxim A. maktabdan yugurib chiqib ketib, kanal tomonga ketganligi, sinfdoshlari esa uning orqasidan borishganligi va Raxim A.ni uzoqdan oʻzini kanalga tashlaganini koʻrishgan.

Ushbu kuni voyaga yetmagan Raxim A.ni hech kim urib haqorat qilganligi holati aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar boʻyicha idoralararo komissiya va fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?