Qashqadaryo viloyati xorijga 7,2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

11:48 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
105 0

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston qiymati 9,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 40,8 ming tonna tarvuz eksport qilgan.

Mamlakatimizda pishgan tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog‘iston (26,8), Rossiya Federasiyasi (11,2) va Qirg‘iz Respublikasi 2,3 ming tonna ko‘rsatkich bilan yuqori ulushga ega.

Ma’lumot o‘rnida, eksport qilingan mazkur tarvuz mahsulotining eng ko‘p ulushi Qashqadaryo (7,2 ming tonna), Toshkent (5,3 ming tonna), Jizzax (5,1 ming tonna), Sirdaryo (4,6 ming tonna) va Xorazm (4,6 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?