Fuqaro qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimini pichoqlab oʻldirdi

10:17 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
2466 0

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz idorasi xodimiga oʻtkir tigʻli jism bilan ogʻir tan jarohati yetkazilgan natijada voqea joyida vafot etganligi haqida xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 09.10.2020-yilda taxminan soat 18:00 larda “Sirdaryotumangaz” MCHJda metrologiya boʻlimi boshligʻi Sh.Q. Sirdaryo tumani, “Doʻstlik” MFY, Bodomzor koʻchasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.

Shu jarayonda ular oʻrtasida vujudga kelgan oʻzaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap koʻkrak qafasiga bir marotaba urgan, soʻngra K.F. pichoqni olib qoʻyib Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?