Qarshida yana bir oliygoh filiali ish boshladi

11:00 30 May 2019 Jamiyat
247 0

Qarshi shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining filiali hamda uning huzurida akademik litsey tashkil etildi.

Adliya vazirligi tarqatgan xabarga koʻra filialda qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun milliy va xalqaro standartlar darajasidagi yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi. 2019/2020 oʻquv yili uchun filialga talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Qashqadaryo viloyatida shu paytga qadar uchta oliy bilim dargohi -Qarshi Davlat universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Toshkent axborot texnologiyalari institutining Qarshi filiali bor edi. Toʻrtinchi oliy taʼlim muassasasi hisoblanayotgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali hamda akademik litseyni onlayn maʼruza hamda masofaviy taʼlim uchun telekommunikatsiya jihozlari va tarmoq infratuzilmasi bilan taʼminlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi internet hamda elektron taʼlim milliy tarmogʻiga ulash choralari koʻrilmoqda.

A. Muhammadiyev , “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?