Qarshida Vatan uchun jon fido qilgan ichki ishlar xodimlari siymosi aks ettirilgan “Xotira monumenti” ochildi

11:12 10 May 2019 Jamiyat
345 0

Foto: "Xalq so'zi"

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan viloyati ichki ishlar boshqarmasi binosi yonida qurilgan “Xotira monumenti”majmuasida ichki ishlar tizimida samarali xizmat qilib, jinoyatchilarni qoʻlga olish, zararsizlantirish hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan 15 nafar fidoyi inson siymosi aks ettirilgan.

Majmuaning ochilishiga bagʻishlangan marosimda viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari, xizmat vazifasini ado etish chogʻida halok boʻlgan oʻgʻlonlarning ota onalari va jamoatchilik vakillari ishtirok edi. Yurtimizda qutlugʻ Ramazon oyi fayzu tarovati kezib yurgan ayni kunlarda oʻtganlarning xotirasini yod etish, ularga hurmat, ehtirom koʻrsatish kabi bunday ezgu amallar osoyishtaligimiz qurbonlari ruhini shod etish va ular ortida qolgan oʻksik koʻngillarga taskin boʻladi.

Ishtirokchilar el-yurt osoyishtaligini asrash yoʻlida oʻzining aziz jonini ham ayamagan Vatanning bu jasur va matonatli farzandlari xotirasini eslab, ularga taʼzim bajo etdilar. Unda taʼkidlanganidek, ularning jasorati ichki ishlar tizimida xizmat qilayotgan har bir xodim uchun ibrat namunasi, asl fidoyilik maktabidir.

A. Muhammadiyev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?