Qarshi shahrida loyiha qiymati 25 milliard so‘mga teng bo‘lgan bog‘ qurilmoqda (Foto)

13:15 30 Iyun 2018 Jamiyat
541 0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Vatanparvar” bog‘ining qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu bog‘ni barpo etish uchun viloyat harbiy-ma’muriy sektor tomonidan 25 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, hozirgi kunda bog‘ning smeta-loyihasi ishlab chiqildi va qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan “Xalq so‘zi online”ga ma’lum qilinishicha, bugungacha 4 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan.

“Vatanparvar” bog‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28—29 yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash, viloyatda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maktab o‘quvchilarida harbiy kasbga havas uyg‘otish maqsadida bunyod etilmoqda.

Bog‘ hududidan muzey, amfiteatr, turli attraksionlar, avtodrom, elektron tir, parashyutdan sakrash maydonchasi, Mudofaa vazirligi taqdim etgan harbiy texnika va samolyotlar maketlari o‘rin oladi.

Shuningdek, bog‘ga tashrif buyuruvchilar mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratiladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?