Qarshi shahrida 200 oʻrinli velopark quriladi

20:57 21 Noyabr 2020 Jamiyat
187 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida “Velosayr” va “Ommaviy yurish” tadbirlari oʻtkazildi.

Unda viloyat sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar boshliqlari hamda aholining barcha qatlamlari “Velosayr” va “Ommaviy yurish” tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbir yakunida rahbarlar aholi foydalanishi uchun yangidan bunyod etilayotgan 200 oʻrinlik veloparkka oʻz velosipedlarini sovgʻa qilib ketishdi.

Bu kabi sogʻlomlashtirish tadbirlari viloyatimiz boʻylab doimiy tashkil etib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?