Qaror qabul qilindi: 1 avgustdan avtomobillarning oynalarini qoraytirib yurish mumkin

19:01 18 Iyul 2018 Hujjatlar
1437 0
Foto: Avtorinok.ru

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirlining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Qarorga muvofiq:

  • 2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi;
  • oynalarni qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi;
  • oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak;
  • orqa oynani yorug‘lik o‘tkazuvchanlik besh foizdan kam bo‘lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o‘zgartirish mumkin;
  • old oynaning tepa qismini 14 sm dan ko‘p bo‘lmagan va yorug‘lik o‘tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo‘lmagan shaklda o‘zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas;
  • xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalarini O‘zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSH dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to‘lovlar:

  • jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so‘m);
  • yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so‘m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so‘m).

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?