Qarish jarayonini tezlashtiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi

23:11 19 May 2020 Lifestyle
1357 0

Ispaniyaning Navarra universiteti tadqiqotchilari qarishga olib keladigan mahsulotlarni maʼlum qilishdi.

Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda.

57 dan 91 yoshgacha boʻlgan 886 kishi ishtirok etgan tadqiqot davomida olingan maʼlumotlarga tayangan holda olimlarning aniqlashlaricha, ultra-qayta ishlangan taomlarning haddan ortiq isteʼmoli (kuniga uch martadan koʻproq porsiya) hujayralar telomeralarini qisqartiradi. Xromosomalar uchida joylashgan ushbu telomerlar, odatda, yosh oʻtgani sayin kamayib boradi, ammo ortiqcha ishlangan yeguliklar taʼsiri bu jarayonni deyarli ikki baravar tezlashtiradi.

Qayd etilishicha, gazlangan va alkogolsiz ichimliklar, qayta ishlangan goʻshtlar (kolbasa, gamburgerlar), sanoat pishiriqlari, sutli kokteyllar hamda pishiriqlar yoki tayyor pissa kabi taomlar ultra-qayta ishlangan oziq-ovqatlar hisoblanib, xushboʻy hamda rang beruvchi vositalar, emulsifikatorlar, konservantlar va boshqa qoʻshimchalarni oʻz ichiga oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?