Qariyb 700 nafar qutqaruvchi yaylovlardagi yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda

11:32 09 Avgust 2018 Dunyo
292 0
Foto: caravan.kz

Bu haqda Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qirg‘izistonning Talas viloyatidagi Almaluu yaylovidagi “tilsiz yov” Qozog‘iston chegarasiga ham o‘tdi. Qirg‘iziston tomonidan 500 kishi, Qozog‘iston tomonidan 150 nafarga yaqin kishi yong‘inga qarshi kurashmoqda. Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi ushbu muammoni hal etish uchun vertolyot ham jalb qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan olov qamrab olgan maydon taxminan ming gektarga teng.

Ma’lum bo‘lishicha, Talas viloyatining Manas tumanidagi Almaluu yaylovida quruq o‘tlar 5 avgustdan buyon yonayapti. Olov Qirg‘izistonning Qozog‘iston bilan chegaradosh “Lager” hududida sodir bo‘ldi.

Manas tumanida favqulodda vaziyat tartibi joriy qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?