Qariyb 240 mln kredit olgan shaxs xonadonidan ayrildi

16:20 10 May 2020 Iqtisodiyot
396 0

foto by: Google

Toshkentda 239 mln 275 ming 616 soʻm kredit qarzdorligi boʻlgan fuqaro xonadonidan ayrildi. Garovga qoʻyilgan xonadon E-IJRO AUKSION savdosiga chiqarilib, sotildi.

Maʼlum qilinishicha, majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman boʻlimi ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudining 2019-yil 18-noyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.Israilovdan undiruvchi “Xalq bank” Yunusobod filiali foydasiga 239 mln 275 ming 616 soʻm kredit qarzdorligi va davlat foydasiga 9 mln 571 ming 024 soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati2019-yil 20-dekabr kuni kelib tushgan boʻlib, shu kuni qoʻzgʻatish qarori qabul qilinib taraflarga yuborilgan.

Majburiy ijro xarakatlari davomida ijro hujjatida keltirilgan, qarzdor S.Israilovga tegishli boʻlgan garovdagi Olmazor tumanida joylashganxonadon xatlangan. Uning mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Soʻng E-IJRO AUKSION savdoga chiqarilib, sotilgan. Savdodan tushgan pul mablagʻlarini 2020-yilning 27-martdagi toʻlov topshiriqnomasiga asosan “Xalq banki” Yunusobod filiali foydasiga 239 mln. 275 ming 616 soʻm oʻtkazib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?