Qanday hollarda hayvonlarni goʻsht uchun soʻyish taqiqlanadi?

17:13 31 May 2020 Jamiyat
1280 0

Ushbu savolga "Huquqiy axborot kanali quyidagicha javob berdi.
Qonunchilikka koʻra, 14 kundan kichik boʻlgan hayvonlar goʻsht uchun soʻyilishga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, quyidagi hollarda hayvonlarni goʻsht uchun soʻyish taqiqlanadi: 

— veterinariya vrachining ruxsati boʻlmaganida;

— kuydirgi, oʻlat, quturish, botulizm, parranda grippi va boshqa bir qancha kasalliklar bilan kasallangan yoki gumon qilingan hayvonlar;

— oʻlim talvasasida boʻlgan hayvonlar;

— kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan va davolangan hayvonlarni emlashdan keyin 14 kun davomida, oqsil kasalligiga qarshi emlanganda, emlanishdan keyin 21 kun davomida;

— malleinizatsiya qilinmagan bir tuyoqli hayvonlar.

Soʻyilgan barcha hayvonlarning goʻshti va boshqa mahsulotlari veterinariya vrachi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi shart.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?