“Qamchiq” dovonida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning sababi nimada?

21:23 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
288 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonida tirbandlik kuzatilmoqda" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati buning sababini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi «Toshkent — Oʻsh» avtomobil yoʻlining 250-253 kilometrlari oraligʻida yoʻl taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta boʻlak ochiq qoldirilgan. Shu sababli vaqti-vaqti bilan tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan oraliq-masofani saqlab, yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga rioya etgan holda harakatlanishlarini soʻrab qolamiz” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?