“Qamchiq” dovoni boʻyicha tarqalgan xabarlar rad etildi

10:49 10 Yanvar 2019 Jamiyat
667 0

Foto: FVV

FVV ijtimoiy tarmoqlarda “Qamchiq” dovonida qor yogʻishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida tarqalgan maʼlumotlarni rad etdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida qor yogʻishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar tarqaldi. Ushbu maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni maʼlum qilamiz:

A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yogʻishi kuzatilgan va oʻrtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yoʻlning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan”, - deyiladi FVV rasmiy saytida berilgan bayonotda.

“Oʻzgidromet” xizmati tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 10 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq boʻlishi kutilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?