Qayta moliyalash stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

15:23 21 Oktyabr 2019 Iqtisodiyot
272 0

Markaziy bank Boshqaruvining 2019-yil 19-oktyabrdagi qarori bilan qayta moliyalash stavkasi yillik 16 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi.

Mazkur qarorni qabul qilishda iqtisodiyotda inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar dinamikasining saqlanib qolishi, bir martalik inflyatsion shoklarning yuzaga kelishi sharoitida foiz stavkalarini yanada oshirishda xorijiy valyutadagi kreditlar oʻsishi hamda kredit bozorida segmentatsiyaning kuchayishi borasidagi ayrim xavotirlarning mavjudligi va tijorat banklari moliyaviy barqarorligini taʼminlash vazifalarini inobatga olib, ehtiyotkorona yondashuvni qoʻllash zaruriyatidan kelib chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?