Qaysi smartfon qoʻlingizda portlab ketishi mumkin? 

12:48 16 Oktyabr 2020 Dunyo
251 0

Batareyasida muammosi bor har qanday smartfon qoʻlda portlab ketishi mumkin. Uzoq vaqt quvvat oldirish, suvga tegib ketish yoki kuchli zarba portlashni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda “Intellektual zaxira” kompaniyasi direktori Pavel Myasoyedov «Praym» agentligiga soʻzlab berdi.

Uning aytishicha, koʻpincha Samsung smartfonlarining portlab ketishi kuzatilgan. Aynan mana shunday vahim ortidan kompaniya Galaxy Note 7 rusumidagi barcha telefonlarini savdodan qaytarib olishga majbur boʻlgandi. 

"Shuningdek, foydalanuvchining qoʻlida Apple mahsulotlari portlab ketishi bilan bogʻliq holatlar ham maʼlum. Bunday hollar nafaqat ayfonlar, balki aypadlarga ham taalluqlidir", — deb taʼkidlaydi ekspert. Bu kabi noxush holatlardan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga amal qilish kerak. 

Birinchidan, qurilmani qizdirib yubormaslik, uni kuch bilan bukmaslik kerak. Aks holda, bu batareyaga zarar yetkazib, turli kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Uzoq vaqt davomida zaryadlash va toʻgʻri kelmaydigan zaryadlovchidan foydalanish ham portlashga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, smartfonning suvga tegib ketishi va qattiq yuzaga tushishiga yoʻl qoʻymang. Bu ham batareyaga zarar yetkazishi mumkin. 

“Batareya mana shunday holatga soladigan eng birinchi belgi uning shishishidir. Uni zudlik bilan almashtirish kerak”,  — deb xulosa qiladi Myasoyedov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?