Qaysi nufuzli kompaniyalar OTM diplomisiz ham ishga qabul qilishi maʻlum boʻldi

11:37 25 Avgust 2018 Dunyo
587 0
Foto: Glassdoor

Ijtimoiy bandlik sohasidagi mashhur Glassdoor onlayn-servisi AQSHda ishga qabul qilishda nomzodlardan oliy maʻlumotli boʻlishni talab etmaydigan 15 ta korporatsiya nomini eʻlon qildi. Ular ichida Apple, Google, IBM, Ernst and Young, Costco, Hilton, Starbucks, Bank of America kabi dunyo brendlari bor.

Google vakillari oliy maʻlumot olmasdan turib muvaffaqiyatga erishgan insonlarni anchadan buyon nodir insonlar deb hisoblab keladi va ularni topish uchun bor kuch-gʻayratini safarbar etadi.

IBMda qariyb 15 foiz yangi xodimlar bakalavrlik darajasiga ega emas. Bundan oldin ushbu kompaniya bosh direktori Virjiniya Rometti koʻplab texnik mutaxassisliklarda OTMda toʻrt yil oʻqigandan koʻra professional kurslar va amaliy tajriba koʻproq samara keltirishini maʻlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?