Qaysi homilador ayollar koronavirus kasalligi boʻyicha xavf guruhiga kiradilar?

16:36 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
180 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Olimlar kuzatuvlar natijasida shuni aniqladilarki, koronavirus kasalligi kamdan-kam hollarda homilador ayollarda ogʻir kechadi.

Homiladorlar orasida yurak muammolari, astma, semizlik, gipertoniya, qandli diabet, buyrak yoki jigar kasalligi boʻlgan homilador ayollar xavf guruhiga kiradilar. Agar homilador ayol COVID-19 bilan jiddiy kasallangan boʻlsa, bu uning ahvolini yomonlashtiradi va nafas olishni qiyinlashtirishi mumkin. Shuning uchun bunday ayollar kuzatuvda boʻlishlari shart.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, homilador ayollarda quruq yoʻtal, harorat koʻtarilishi, nafas qisilishi, holsizlik, ishtaha yoʻqligi, mushakda ogʻriq alomatlari paydo boʻlganda uydan chiqmagan holda yashash manzilidagi uchastka shifokoriga yoki ayollar maslahatxonalariga tibbiy yordam uchun murojaat qilishlari zarur.

Imkon qadar tibbiy yordam uchun erta murojaat qilish va davolashni erta boshlash kerak, bu esa sezilarli darajada sogʻayishni taʼminlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?