Qaysi bemor uyda, qaysi biri shifoxonada davolanishini kim hal qiladi?

16:21 12 Iyul 2020 Jamiyat
656 0

Ushbu savolga Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev “Oʻzbekiston 24” kanaliga bergan intervyusida javob berdi.

➖ Toshkent shahrida mavjud 64 ta poliklinikada epid guruhlar tuzilgan. Uning tarkibida oilaviy shifokor, infeksionist, epidemiolog bor. Mana shu uchta shaxsdan iborat epid guruh joylarga borib, vaziyatni oʻrganib, xulosa qiladi.

Ular bemorni yo uyda davolanish uchun qoldirish yoki uning kasalligi ogʻirligiga qarab kasalxonaga yotqizish masalasini hal qiladi.

Shuningdek, Tez tibbiy yordam brigadasini chaqirib, shifoxonaga yotqizish chorasini koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?