Qahramon shoir yodi

17:50 11 May 2018 Madaniyat
571 0
   Foto: Zamin.uz

Ibroyim Yusupov o‘zining serqirra ijodi, betakror she’riyati, publitsistik asarlari bilan yorqin iz qoldirgan adiblar sirasiga kiradi. Uning “Baxt lirikasi”, “Kunchiqar yo‘lovchisiga”, “O‘ylar”, “Yetti navo”, “Dala orzulari” singari o‘ndan ziyod she’riy to‘plamlari, doston va poemalari allaqachon qoraqalpoq va o‘zbek xalqining adabiy mulkiga aylanib ulgurgan. 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari,  Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov xotirasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirda ana shular haqida so‘z yuritildi. 

Ibroyim Yusupov qardosh xalqlar va jahon adabiyoti durdonalaridan tashkil topgan A. Pushkin, M. Lermontov, T. Shevchenko, J. Bayron  asarlari, Shekspir sonetlari, Navoiy va Hofiz g‘azallari, Umar Xayyom ruboiylarini qoraqalpoq tiliga yuksak mahorat bilan tarjima qildi.  Shuningdenk, uning asarlari rus, o‘zbek, qog‘oq tili bilan bir qatorda ukrain, belorus, gruzin, latish, bolgar tillariga ham o‘girilgan.  

U Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan  san’at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti  sovrindori, “El-yurt hurmati”, “Do‘stlik” ordeni sohibidir. 2004 yilda  Ibroyim Yusupov “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Tadbir doirasida shoir hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan foto va kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Mavjuda XOLMATOVA.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?