“Qadring baland boʻlsin, ona tilim” xalqaro tanlovi gʻoliblari aniqlandi

08:27 20 Oktyabr 2020 Jamiyat
341 0

Oʻzbek tilini rivojlantirish va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, davlat tili sifatida oʻqitilishida ilgʻor pedagogik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, ona tilining oʻqitish metodikasini takomillashtirish maqsadida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” xalqaro tanlovi eʼlon qilingan edi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, «Oʻzbekkino» milliy agentligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar va Jurnalistlar ijodiy uyushmalari bilan hamkorlikdagi “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” tanlovi – davlat tilini milliy qadriyat sifatida targʻib qilish, unga nisbatan milliy gʻurur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, eng muhimi, davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ijodiy yondashuvni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Mazkur xalqaro tanlov jarayonida Tashkiliy qoʻmitaga 1 ming 750 ta ijodiy ish kelib tushdi.

Xususan, “Eng yaxshi badiiy asar” nominatsiyasining nasr yoʻnalishiga 125 ta, nazm yoʻnalishiga 712 ta, “Eng yaxshi publitsistik maqola” nominatsiyasi boʻyicha jami 426 ta, Oʻzbek tilining xorijdagi eng yaxshi targʻiboti (oʻzbek millatiga mansub yoki chet el fuqarolari tomonidan yaratilgan xorijda oʻzbek tilini targʻib qilishga qaratilgan ilmiy, badiiy, musiqiy asarlar hamda audio, video mahsulotlar)ga qaratilgan jami 75 ta, “Eng yaxshi ijtimoiy roliklar” nominatsiyasi uchun esa 412 ta ijodiy ish taqdim etilgan.

Ijodiy ishlarning deyarli 90 foizi (1 621 tasi) @Til_tanlovBot telegram bot orqali, qariyb 10 foizi (129 tasi) esa info-til@gov.uz elektron pochtasi orqali kelib tushdi.

Ahamiyatlisi, tanlovga AQSH (2 ta), Fransiya (1 ta), Rossiya (5 ta), Janubiy Koreya (3 ta), Xitoy (8 ta), Turkiya (11 ta), Eron (3 ta), Ozarbayjon (6 ta), Qozogʻiston (12 ta), Qirgʻiziston (4 ta), Tojikiston (14 ta) singari oʻndan ortiq yaqin va uzoq xorijdan ishtirokchilar qatnashgan. Ular orasida Afgʻonistondagi millatdoshlarimizning faolligini (21 ta) alohida qayd etib oʻtish joizdir.

Joriy yilning 19-oktyabr kuni Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” xalqaro tanlovining tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tanlovlarning har bir yoʻnalishi boʻyicha gʻolib deb topilgan mualliflarga va ragʻbatlantiruvchi mukofot sohiblariga pul va esdalik sovgʻalari topshirildi. Xorijlik tanlov gʻoliblarining mukofot mablagʻlari va esdalik sovgʻalari Tashqi ishlar vazirligi va xorijiy elchixonalarimiz orqali oʻz egalariga yetkaziladi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, olimlar, shoir-yozuvchilar qatnashdi.

Kechada Milliy akademik drama teatri aktyorlari ona tilimiz tarannum etilgan dramatik asarlardan parchalar ijro etdi.

Quyida ushbu tanlov gʻolib va sovrindorlari bilan tanishingiz mumkin.

I. “NASR” YOʻNALISHI BOʻYICHA:

1-oʻrin: Holida BOZOROVA,

Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, «Oʻzbek Boboturkiy» hikoyasi uchun.

2-oʻrin: Tursunmurod ERMATOV,

Qashqadaryo viloyati, “Jonqora” hikoyasi uchun.

3-oʻrin: Begali ESHONQULOV,

Samarqand viloyati, “Maʼrufning inshosi” hikoyasi uchun.

RAGʻBATLANTIRUVCHI OʻRINLAR:

Luqmon BOʻRIXON,

Toshkent shahri, “Choʻldan kelgan tashvish” hikoyasi uchun.

Bayram ALI,

Qashqadaryo viloyati, “Xaloskor” hikoyasi uchun.

Orif TOLIB,

Toshkent shahri, “Balta” hikoyasi uchun.

Mahbubulloh TURON (Afgʻoniston),

“Men oʻshanda tirik ekanman” hikoyasi uchun.

II. “NAZM” YOʻNALISHI BOʻYICHA:

1-oʻrin: Gʻayrat MAJID,

Toshkent shahri, “Ona tilim” sheʼri uchun.

2-oʻrin: Madina NORCHAYEVA,

Qashqadaryo viloyati, “Otam dalalarga ekkan edi soʻz” sheʼri uchun.

3-oʻrin: Shohsanam NISHONOVA,

Fargʻona viloyati, “Ona tilim” sheʼri uchun.

RAGʻBATLANTIRUVCHI OʻRINLAR:

Gulmira ABDIRAIMOVA,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, “Asriy qush” sheʼri uchun.

Asliddin JARKINOV,

Zarafshon shahridagi 2-umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, “Ona tilim” sheʼri uchun.

Fotima RUSTAMOVA,

Shahrisabz tumanidagi 43-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, “Ona tilim” sheʼri uchun.

Orifjon OLIMJONOV,

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti talabasi, “Taqdirimga qoʻyilgan dastxat” sheʼri uchun.

III. “PUBLITSISTIKA” YOʻNALISHI BOʻYICHA:

1-oʻrin: Maʼmura ZOHIDOVA,

Toshkent shahri, “Til – millatning ruhi boʻlsa...” maqolasi uchun.

2-oʻrin: Husan KARVONLI,

“Maʼrifat” gazetasi bosh muharriri, «Tirikoʻrim» maqolasi uchun.

3-oʻrin: Biybijamol JADIGEROVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, “Navoiy shon bergan til” maqolasi uchun.

RAGʻBATLANTIRUVCHI OʻRINLAR:

Asror MOʻMIN,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist, “Oʻzbek tilim” maqolasi uchun.

Hakim SATTORIY,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, “Millat qalbining nidosi” maqolasi uchun.

Nosir ULUQOV,

Namangan davlat universiteti professori, “Ona tili — oliy qadriyat” maqolasi uchun.

Hakim ZOKIR (Tojikiston Respublikasi),

“Onaday qadrli, ona sutiday orombaxsh — oʻzbek tilim!” maqolasi uchun.

IV. “IJTIMOIY ROLIK”YOʻNALISHI BOʻYICHA:

1-oʻrin: Shuhrat HAYITOV,

“Oʻzbekiston” teleradiokanali bosh muharriri, “Til — millat ramzi” roligi uchun.

2-oʻrin: Ulbosin MIRZANAZAROVA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, “Ona tilim” roligi uchun.

3-oʻrin: Rasul MAMARIZAYEV,

“Dunyo boʻylab” telekanali rejissyori, “Ona tilim” roligi uchun.

RAGʻBATLANTIRUVCHI OʻRINLAR:

Nodir AHMEDOV,

Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 17-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, “Aslida mana bunday boʻlishi kerak”roligi uchun.

Dilnoza HOSILOVA,

Bayoming universiteti ingliz tili markazi loyihasi koordinatori, (AQSH), “Xorijga olib kelgan ona tilim” roligi uchun.

Abdukarim AHMADXOʻJAYEV,

“Madaniyat va maʼrifat” telekanali rejissyori, “Ona tilim” roligi uchun.

V. “OʻZBEK TILINING XORIJDAGI TARGʻIBOTI” YOʻNALISHI BOʻYICHA:

1-oʻrin: Shohmamad DOGʻLAR oʻgʻli

(Ozarbayjon Respublikasi).

2-oʻrin: Fatma ACHIK,

Gʻozi universiteti professori, fan doktori, (Turkiya).

3-oʻrin: Chixo MIYAZAKI,

Yaponiyaning Nagoya universiteti professori, Yaponiyadagi Buyuk Ipak Yoʻli ilmiy tadqiqot jamiyatining asoschisi.

RAGʻBATLANTIRUVCHI OʻRINLAR:

Sunnatulla AKRAM,

Qozogʻiston Respublikasi.

Aynur Oʻz OʻZJAN,

Anqara universiteti professori, fan doktori, (Turkiya).

Tomas VELSFORD,

Angliya Oksford universitetining All Soulz kolleji doktoranti.

Begʻam QORAYEVA,

Moskva davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?