Qachon banklardan AQSH dollarini erkin sotib olamiz?

18:25 02 Avgust 2018 Jamiyat
770 0
Illyustrativ foto

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori Bobur Abubakirov Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu masalaga ham oydinlik kiritdi.

“Avvalo, bir narsani inobatga olishimiz kerak, banklar ham xo‘jalik yurituvchi subyekt, uning o‘z belgilangan ish vaqti bor, o‘sha vaqt ichida faoliyat yuritadi. Shunga qaramay, respublikamizda 1000 ga yaqin valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud bo‘lsa, shundan qariyb 300 ga yaqini ertalab soat 8:00 dan 22:00 gacha ishlamoqda.

Shuningdek, xalqaro aeroportlarda, mehmonxonalarda, ayrim savdo markazlarida kartalardan valyutani naqdlashtirib olish bo‘yicha bankomatlar ishlab turibdi. Kelgusida valyutani bank xodimlari ishtirokisiz ham almashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.

Albatta, tijorat banklaridan xorijiy valyuta, ya’ni AQSH dollarini erkin sotib olishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Hozir aniq bir vaqtini aytolmayman. Lekin ishlar boshlab yuborilgan, bu aholini ko‘p kuttirmaydi. Tez kunlarda bu bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Naqd xorijiy valyutani bozor kursida banklardan sotib olish yo‘lga qo‘yilganidan keyin valyutaga 2,5 mlrd. yaqin valyuta mablag‘lari jismoniy shaxslardan tomonidan tijorat banklariga sotilgan. Demoqchimanki, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab oldinday emas”, degan Abubakirov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019