Putinning dastxati auksionda! U qanchaga sotildi?

19:17 21 Fevral 2020 Dunyo
300 0

Foto: www.google.com

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2001 yilda amerikashunos Valentin Zoringa yoʻllagan shaxsiy dastxati Moskvadagi kim oshdi savdosida 340 ming rublga sotildi, deya xabar berdi “12-stul auksion uyi” matbuot xizmati.

Bundan tashqari, auksionda “Taxtlar oʻyini” romanining muallifi yozuvchi Jorj Martinning rus nashrida qoldirgan kitobi 15 ming rublga, Sergey Shnurov imzolagan “Gruppirovka Leningrad” beysbolkasi 4200 rublga sotilgan.

Shuningdek, Astrid Lindgren, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentina Tereshkova va boshqalarning imzolari oʻz xaridorlarini topdi.

Taniqli rejissyor va ssenariy muallifi Andrey Tarkovskiy nomi bilan bogʻliq lotlar 160 dan 650 ming rublgacha narxlandi.

Gruziyalik rassom A. Rijinashvilining Andrey Tarkovskiy va Sergey Parajanov tomonidan 1981-yilda imzolangan katalogi 195 ming rublga sotildi, — deb qoʻshib qoʻydi auksion uyi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?