Putin yana prezident sifatida saylanishi mumkin?!

22:03 11 Mart 2020 Dunyo
97 0

Foto: krasnodarmedia.su

Rossiyada yangi konstitutsiya qabul qilingandan keyin amaldagi prezident Vladimir Putinning avval prezident sifatida saylangan muddatlari bekor qilinadi. Yaʼni Vladimir Vladimirovich yana ketma-ket ikki muddatga saylana oladi.

“Men prezidentlik muddatining cheklanishini Konstitutsiyadan olib tashlashni maqsadga muvofiq emas deb bilaman“, — dedi Putin Davlat dumasida chiqish qilganida. Biroq u sobiq davlat rahbari, agar Konstitutsiyaviy sud tomonidan maʼqullangan boʻlsa, yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq, yangi raqobatdosh saylovlarda qatnashishi kerakligini aytdi.

Davlat Dumasi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlangandan soʻng darhol kengaytirilgan vakolatlarga ega boʻladi, ammo bu muddatidan oldin saylovlar degani emas, dedi prezident.

Yanvar oyi oxirida Putin Davlat dumasiga Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasini taqdim etgandi. Oʻzgartirishlar konstitutsiyaviy tuzumning asoslarini, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydigan qoidalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Prezident MSKga ovoz berishga tayyorgarlik koʻrishni tashkil qilish yuzasidan topshiriqlar berdi. Davlat Dumasi 22-aprel umumxalq referendumini oʻtkazish haqidagi taklifni qoʻllab-quvvatladi, bu kun dam olish kuni boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?