Putin Serbiya prezidentidan uzr soʻradi...

10:57 12 Sentyabr 2020 Dunyo
428 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda TIV rahbari Sergey Lavrov Serbiya prezidentidan Aleksandr Vuchichdan uzr soʻrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

«Biz juda yaxshi telefon suhbati oʻtkazdik. Prezident Putin hech qachon mendan kechirim soʻramagan edi. Vazir Lavrov ham, lekin Zaxarovaning postidan soʻng ular uzr soʻrashdi. Mening oʻzim bu haqida hech narsa demagan boʻlsam ham. Munosabatlarimiz juda yaxshi deb oʻylayman», - dedi Vuchich milliy telekanal efirida.

Gap shundaki bir necha kun oldin Serbiya prezidenti Vashingtonda Donald Tramp qabulida boʻlgan edi. Shundan soʻng OAVlarda Donald Tramp oʻz kabinetida stol ortidagi kresloda oʻtirgan Aleksandr Vuchich esa uning qarshisida stulda oʻtirgan fotosuratlari tarqalgan edi. Mariya Zaxarova ushbu holat AQSH prezidentini “oʻzini katta tutishini” anglatadi deb, mashhur “Asosiy instinkt” filmi sahnasiga oʻxshatgan edi, lekin hazil post koʻpchilikka maʼqul boʻlmadi. Jumladan Serbiya prezidentiga ham.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?