Propiska qayta yopilishi rostmi? Adliya vazirligi oydinlik kiritadi

18:05 28 May 2020 Jamiyat
737 0

Bugungi kunda aholi orasida “Propiska yaqinda yana yopilarkan, ochilgani maʼlum muddat amal qilinadigan aksiya ekan” degan mish-mishlarga oydinlik kiritish yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni maʼlum qildi:

Birinchidan, Prezident Farmonlari bilan 2020-yil 1-apreldan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulkni olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talab qilinmasligi belgilandi.

Shunga koʻra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan koʻchmas mulk sotib olish uchun ushbu hududlarda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi sharti butunlay bekor boʻlgan.

Ikkinchidan, 2020-yil 21-maydan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida birlamchi bozordan yangi qurilgan uy-joy sotib olishda shartnoma summasining 5 foizi miqdorida davlat boji toʻlash tartibi bekor boʻldi.

Uchinchidan, “Toshkent shahrida propiska yopilishi yoki ochilishi” masalasiga koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishning hech qanday aloqasi yoʻq.

Toʻrtinchidan, bugungi kunda Respublikamiz hududida 818 nafar notariuslar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun fuqarolar istalgan notariusga murojaat qilishi mumkinligi, faqatgina Toshkent shahridagi notariuslar Toshkent shahridagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishi mumkin degan fikrdan yiroq boʻlishi lozimligi maʼlum qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?