“PROlogue“ kinofestivalining hakamlar hayʼati tarkibidan bir qator kino yulduzlar oʻrin oldi

10:00 26 Noyabr 2018 Madaniyat
277 0

PROlogue IV xalqaro kinofestivali direksiyasi toʻliq va qisqa metrajli filmlar tanloviga hakamlik qiladigan xalqaro hakamlar hayʼati tarkibini eʼlon qildi. Ular orasida Rossiya, Germaniya, AQSH, Polsha, Shveysariya, Italiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan kino ijodkorlari bor.

Toʻliq metrajli filmlar tanlovining xalqaro hakamlar hayʼatiga mashhur teatr va kino aktyori, Rossiya xalq artisti, koʻplab mukofotlar sohibi Sergey Shakurov rahbarlik qiladi. Qozogʻistondan rejissyor va ssenarist Rustam Abdrashev, teatr va kino aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, rossiyalik postanovkachi operator Sergey Astaxov, AQSHdan kinofestival tashkilotchisi Piter Skarlett va polshalik rejissyor Kuba Chekay ham hakamlar hayʼati tarkibiga ham kirishdi.

Qisqa metrajli filmlar tanlovining hakamlar hayʼatiga taniqli oʻzbek rejissyori, koʻplab xalqaro kino festivallarining laureati Ayub Shahobiddinov rahbarlik qiladi. Uning boshchiligidagi hayʼat tarkibida prodyuser Fabio Kanepa (Italiya), aktyor Filipp Reynhartd (Shveysariya), postanovkachi operator Maks Tsui (Germaniya), kino eksperti va kinoshunos Gulbara Tolomushova (Qirgʻiziston) oʻrin olgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?