“PROlogue” Xalqaro kinofestivali haqida batafsil maʼlumot berildi

11:11 27 Noyabr 2018 Madaniyat
257 0

Foto: “Xalq so‘zi Online”

“Xalq soʻzi Online“. Hasan Toshxoʻjayev. Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” Xalqaro kinofestivali tashkilotchilari bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F. Zokirov, festival direksiyasi rahbari O. Abdushukurov hamda hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Matbuot anjumanida tashkilotchilar yigʻilganlarga xalqaro kinofestivalni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, uning tarixi, oʻzbek kinosi oldida dolzarb boʻlib turgan bugungi masalalar, festival mehmonlari va hakamlar hayʼati tarkibi, festival dasturidan oʻrin olgan toʻliq metrajli, qisqa metrajli hamda milliy qisqa metrajli filmlar haqida batafsil axborot berishdi.

Anjumanda xorijdan tashrif buyurgan va yurtimiz OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?