PROlogue xalqaro kinofestivali doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylar maʼlum qilindi

12:05 21 Noyabr 2018 Madaniyat
835 0

27-30 noyabr kunlari Toshkentda IV PROlogue xalqaro kinofestivali boʻlib oʻtadi.

27 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida kinofestival direksiyasi vakillari, hakamlar hayʼati va OAV xodimlari ishtirokida asosiy matbuot anjumani tashkil etiladi.

Shu kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida PROlogue kinofestivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Tadbirda “Scorpion” filmining gala - premyerasi oʻtkaziladi.

27 dan 30 noyabrgacha kinofestival doirasida Yoshlar ijod saroyida qisqa metrajli filmlar namoyishi, Premier Hall kinoteatrida esa tanlov doirasida toʻliq metrajli filmlar taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro kinofestivalning barcha mehmonlari LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasiga joylashtiriladi.

PROlogue - 2018 kinofestivalining yopilishi marosimi 30 noyabr kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida boʻlib oʻtadi.

Joriy yilda PROlogue kinofestivalida 13 ta davlat, jumladan, AQSH, Koreya, Polsha va boshqa mamlakatlar vakillari oʻz filmlarini namoyish etishadi.

Barcha xohlovchilar qisqa va toʻliq metrajli kartinalar namoyishiga tashrif buyurishlari mumkin. Kirish bepul.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi va Oʻzbekiston Milliy kinokomissiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?