“PROlogue” Xalqaro kinfestivalida kimlar hakamlik qiladi?

12:03 27 Noyabr 2018 Madaniyat
275 0

Foto: «O`zbekkino» МА

“Xalq soʻzi Online“/asan Toshxoʻjayev. Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” IV Xalqaro kinfestivali Hakamlar hayʼatining matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda toʻliq metrajli badiiy filmlar hakamlar hayʼati aʼzolari - Rossiya Federatsiyasi xalq artisti, hakamlar hayʼati raisi Sergey Shakurov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Yodgor Saʼdiyev, kinossenarist Rustam Abdrashev (Qozogʻiston), polshalik kinorejissyor Kuba Chekay, Fransiya Sinematikasi rahbari Piter Skarlet, operator Sergey Astaxov (Rossiya), qisqa metrajli xalqaro va milliy filmlarni baholab boruvchi hakamlar hayʼati aʼzolari - oʻzbekistonlik iqtidorli rejissyor, hakamlar hayʼati raisi Ayub Shahobiddinov, italiyalik kinoprodyuser Fabio Kanepa, operator Maks Tsui (Germaniya), qirgʻizistonlik kinoshunos Gulbara Talamushova, taniqli aktyor Filipp Reynxardt (Shveysariya) ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida hakamlar hayʼatlari aʼzolari zimmalariga yuklatilgan vazifaning nechogʻli masʼuliyatli ekanini tushunib turganliklari, bor bilim va salohiyatlarini oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqlashga yoʻnaltirishlarini aytib oʻtdilar. Shuningdek, yurtimiz goʻzalligi, odamlarimizning samimiyligi, tadbirning yuksak daraja va saviyada tashkil etilgani haqida ham alohida taʼkidlandi.

Matbuot anjumani qizgʻin savol-javoblarga boy kechdi. Xususan, dunyo kinematografiyasining mazkur taniqli vakillari milliy kinoindustriyamiz yutuqlari, oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “master-klass”lar, oʻzbek kino sanʼatining jahon sahnasidan mustahkam oʻrin olishini taʼminlaydigan islohotlar izchilligi xususida oʻz fikr-mulohazalarini ham bildirib oʻtdilar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?