Prokuror eski ish joyiga qaytdi

11:57 16 Iyul 2019 Siyosat
974 0

Bahriddin Valiyev isteʼfoga chiqqan Sherzod Obloqulov oʻrniga Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Valiyev Bahriddin Bahodirovich Toshkent shahar prokurori lavozimiga tayinlangan.

B.Valiyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurori lavozimida ishlagan. Undan oldin esa Valiyev aynan Toshkent shahar prokurori lavozimida ham faoliyat olib borgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?