Prokuratura xodimlari imtiyozli kreditlar asosida avtomobillar sotib olishi mumkin bo‘ladi

10:02 21 May 2018 Jamiyat
4519 0

Prokuratura organlari xodimlariga “Asaka” banki orqali kreditga avtomobil olish imkoniyati beriladi. Bu haqda tegishli qaror loyihasi tayyorlangan.

Unga ko‘ra, organ xodimlariga avtomobillar 10 yil muddatga kredit asosida taqdim etiladi. Avtomobil narxining 25 foizi dastlabki badal sifatida to‘lanadi. Kreditning yillik foizi qayta moliyalash stavkasi (hozirgi vaqtda 14%) bilan bir xil ko‘rsatkichda bo‘ladi.

Ushbu shartlar asosida kreditga mashina olmoqchi bo‘lgan prokuratura organlari xodimlarining ro‘yxati Bosh prokuratura tomonidan taqdim etiladi.



 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?