Prokuratura ijtimoiy tarmoqlardagi kunlik xabarlarni monitoring qilmoqda. Natija qanday?

18:03 21 Oktyabr 2019 Jamiyat
138 0

Prokuratura organlari tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarning kunlik xabarlari monitoringi amalga oshirilib, prokuratura organlari aralashuvini talab qiladigan qonunbuzilishlar haqidagi xabarlarni toʻliq va atroflicha koʻrib chiqilishi taʼminlanmoqda.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda majburiy ijro byurosi faoliyati, koʻrsatilgan kommunal xizmatlardan norozi boʻlish, mehnat nizolari bilan bogʻliq masalalar, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish, tergov organlarning harakatlari hamda chiqarilgan sud qarorlaridan norozi boʻlish mavzusidagi xabarlarni tashkil etmoqda.

Monitoring davomida yuqorida qayd etilgan xabarlar vakolat doirasida oʻrganilib, natijasi boʻyicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralar koʻrgan holda tegishli munosabat bildirib kelinmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “Facebook” ijtimoiy tarmogʻining “Xalq fikri/Mneniye naroda” guruhi foydalanuvchisi S.Z. tomonidan qoldirilgan “Vchera sotrudnik Kabmina oskorbil grajdanina, segodnya yego uje uvolili. Eto sotrudnik u vxoda v MIB Zangiatinskogo rayona, takoy je xam, odnako yego pokrыvayut rukovoditeli. Obratite vnimaniye na yego pozu, odejdu, - eto MIB eto norma” xabari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganish davomida, Byuroning Zangiota tuman boʻlimining nazorat tekshiruv posti xodimi qabulga kelgan fuqaroga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlgani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Byuroning Zangiota tuman boʻlimining nazorat tekshiruv posti xodimi kelgusida aholi bilan xushmuomalada boʻlishi yuzasidan profilaktik suhbat oʻtkazilib, “xayfsan” intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

Shuningdek, “Diqqat Telegram” kanalida fuqaro tomonidan video murojaat joylashtirilib, unda “Videomurojaatda bu oilaga 2 xonali uy ajratish qarori chiqarilgan... viloyat prokuraturasi bu ishni orqaga surib asossiz ravishda uy berishni orqaga choʻzayotgani va prokuror qabuliga ham kirolmayotgani aytiladi” mazmunida qoldirilgan xabar zudlik bilan oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida, Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018-yildagi 285-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qarshi shahar hokimligida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan muallifning otasi nomida boʻlgan uy-joyda onasi oʻz farzandlari bilan yashashi uchun yetarlicha sharoit borligi sababli uy-joyga muhtoj emasligi haqida qaror qilingan.

Ushbu masala yuzasidan, viloyat prokuraturasida bir necha marotaba qabul qilingan ariza muallifiga otasi A.X. nomida boʻlgan uy-joyda onasi farzandlari bilan birga yashab kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yetarli ekanligi maʼlum qilinishiga qaramay, onasining nomiga yangi uy-joy olish istagi borligini taʼkidlab kelgan.

Murojaatlarni oʻrganish jarayonida muallifning oilaviy (moddiy) sharoiti oʻrganilib, R.X. I.Karimov nomidagi texnika universitetida kontrakt asosida oʻqiyotganligi inobatga olib, prokuratura organlari tashabbusi bilan uning 1-kursi uchun 4 mln. soʻm kontrakt pulini toʻlashda amaliy yordam koʻrsatildi.

Oʻz navbatida, onasi N.B.ga televizor va kir yuvish mashinasi olib berilib, mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlanishiga amaliy yordam koʻrsatildi.

Prokuratura organlari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?