Professional boksdagi omadli debyutlar 

13:58 12 Mart 2018 Sport
435 0

O’zbekistonlik iste’dodli bokschi Shahram G’iyosov professional faoliyatidagi ilk jangini Nyu-York shahrida o’tkazdi. 
“Kings Theater” arenasida tashkil etilgan bahsda u argentinalik charm qo’lqop ustasi Nikolas Velaskesga qarshi ringga ko’tarildi. Jahon va Osiyo chempioni, Olimpiada o’yinlari kumush medali sohibi bo’lgan hamyurtimiz bellashuvning 15 soniyasidayoq raqibini texnik nokaut bilan mag’lubiyatga uchratdi.
Eslatib o’tamiz, Velaskes o’z professional faoliyatini 2009 yilda boshlagan bo’lib, shu paytgacha 12 jang o’tkazib, shundan 10 tasida(3 tasi nokaut) g’alaba qozongan va 2 bor yutqazgan edi.
Yana bir vakilimiz Murodjon Ahmadaliev ham professional boks olamidagi dastlabki qadamini zafar bilan boshladi. Rio Olimpiadasida uchinchi o’rinni olgan Murodjonga duch kelgan argentinalik yana bir bokschi David Pazga raqibidan texnik nokautni qabul qilib oldi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?