Prezidentning yangi qarori: Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

11:15 02 Aprel 2018 Hujjatlar
722 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjat ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan Qashqadaryo viloyatining 7 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 29,8 gektar) kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub’ektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Mazkur kichik sanoat zonalarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?