Prezidentning yangi qarori bilan 2018 yil 1 martdan boshlab maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining oylik maoshlari oshirildi

14:16 28 Fevral 2018 Hujjatlar
3008 0

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yil 28 fevral kuni “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to’lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga imzo chekdi.
Hujjatga ko’ra, 2018 yil 1 martdan boshlab – mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o’qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini – 30 foizga;
2018 yil 1 sentyabrdan boshlab:
tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o’qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang’ich sinflari o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda – 30 foizga;
oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o’rinbosarlari mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini – 20 foizga;
maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to’lashning bazaviy tarif stavkalarini – 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladigan bo’ldi.
Bulardan tashqari,  Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog’ va G’uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako’l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo’rg’on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to’lovi miqdori 2023 yil 1 yanvargacha bo’lgan muddatda ikki baravar pasaytirildi.
Qarorning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari Q. V. Akmalov, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Moliya vaziri J. A. Qo’chqorov va Maktabgacha ta’lim vaziri A. V. Shin zimmasiga yuklandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?