Prezidentlikka sobiq nomzod, Xalq demokratik partiyasi rahbari Ketmonov isteʼfoga chiqarildi

13:14 01 Iyun 2019 Siyosat
1852 0

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda “Xalq soʻzi“ manbalari xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, Ketmonovning oʻrniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulugʻbek Inoyatov tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Hotamjon Ketmonov 2013-yildan buyon XDPni Markaziy kengashi raisi sifatida ishlab kelayotgandi. Hotamjonov ketma-ket ikki marta 2015 va 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida XDP partiyasidan nomzod sifatida qatnashgandi.

Ulugʻbek Inoyatov esa 2018-yil iyunda Xalq taʼlimi vaziri lavozimidan boʻshatilib, Namangan davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?