Prezidentga boʻysunuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda

15:35 29 Iyun 2020 Jamiyat
2270 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlarni tayyorlashga yetakchi xalqaro tashkilotlar mutaxassislari jalb etilgan.

Ishonchli manbalarimizga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor boʻladi.

Agenlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori boʻlgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.

Byudjet mablagʻlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?