Prezident yangi Qonunga imzo chekdi

02:16 14 Mart 2019 Hujjatlar
429 0

Arxiv foto

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonunga imzo chekdi.

Yangi Qonun bilan amaldagi Qonunga bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun 51-54-moddalar bilan toʻldirildi. Shuningdek, uning 4, 11, 13, 14-moddalari toʻliq, 8-moddasining nomi va uchinchi qismi, 18, 19, 24, 28-moddalari matni, 25-moddaning ikkinchi qismi yangi tahrirda bayon etildi.

Qolaversa, Qonunning 9 va 30-moddalari toʻliq, 26-moddaning esa birinchi qismi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi.

Qonun bilan atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining bu sohadagi ishtiroki aniq belgilab berildi.

Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2019 yil 14 martdagi №50 (7280)-sonida chop etildi va rasmiy eʼlon qilingan kundan uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Qonun matni bilan tez orada saytimiz orqali tanishishingiz mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?